«Siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş. Memorial» inson huquqlari loyihasi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi («FBK») bilan aloqada ayblangan tört nafar rossiyalik jurnalistni siyosiy mahbuslar röyxatiga kiritdi. «Biz Olga Komleva, Antonina Favorskaya, Konstantin Gabov va Sergey Karelinni siyosiy mahbuslar deb hisoblaymiz», deya ma’lum qildi 15 may, çorşanba kuni huquq himoyaçilari.
Ular Komleva, Favorskaya, Gabov va Karelinga nisbatan «ekstremistik hamjamiyat»da iştirok etganlik uçun jinoiy iş qözğatilganini eslatib ötdi. «Biz ular aynan nimada ayblanayotgani haqida töliq ma’lumotga ega emasmiz: faqat ba’zilari Aleksey Navalniy kanallarida çop etilgan foto- va video-materiallar tayyorlaşda ayblanayotganini bilamiz», — deyiladi bayonotda.
Jurnalistlarni «ekstremistik» moddalar böyiça ta’qib etiş - yomon amaliyot
Huquq himoyaçilari, şuningdek, Navalniy tomonidan yaratilgan tuzilmalarni «ekstremistik hamjamiyat» deb tan oliş asosli emasligini, çunki ularning ekstremistik faoliyatiga oid dalillar yöqligini ta’kidladi. «Rossiyada RF Jinoyat kodeksining 282.1-moddasini qöllaş amaliyoti rivojlandi, bunda «ekstremistik hamjamiyat iştirokçilari» deb e’lon qilinganlar ayblanuvçiga aylanadi. Navalniy hamkorlari va uning advokatlari uşbu modda böyiça ayblangani ana şunday amaliyotning yorqin namunasidir», - deyiladi ma’lumotda.
Antonina Favorskaya - SOTAvision jurnalisti, u siyosiy mahbuslar, jumladan, Aleksey Navalniy ustidan sud jarayonlarini yoritgan. U Navalniy bilan oxirgi videoni suratga oldi va uning ölimidan keyin Borisov qabristonidan reportaj tayyorladi. Olga Komleva Navalniyning Ufadagi ştabida köngilli bölgan va Boşqirdistondagi namoyişlar haqida yozgan. Konstantin Gabov Deutsche Welle va Reuters bilan, Sergey Karelin esa Deutsche Welle va AP bilan hamkorlik qilgan.
«Siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş. Memorial» loyihasiga köra, 2024 yil 15 may holatiga köra, Rossiya koloniyalari va qamoqxonalarida 720 nafar siyosiy mahbus bor.











