Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi boʻldi.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarboyjon prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi. Oʻzbekiston va Ozarboyjon davlat madhiyalari yangradi.



Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutlashdi.




Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.









