Ijtimoiy tarmoqlarda yoş bola maşina yukxonasiga solingani aks etgan video tarqaldi. Mazkur video böyiça örganiş işlari olib borildi.

14 may kuni Qöqon şahar Obodyurt köçasida yaşovçi voyaga yetmagan bola M.M. uşbu mahallada turar joyga ega bölgan qöşnisi M.A.ga tegişli uyning devor va oynasiga toş otib sindirgan. Buni körgan M.A. bolani qörqitib qöyiş maqsadida öziga tegişli Nexia-2 yukxonasiga solib avtomaşinani harakatlantirgan.

Şu paytda bolaning onasi B.T. köçaga çiqib, maşinani töxtatib, farzandini maşinadan tuşirib olgan hamda örtada özaro janjal kelib çiqqan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylaştirilib, tegişli sud organiga yuboriş çorasi körilgan.

“Fuqarolardan vahima va sarosimaga tuşmasliklarini hamda işonçsiz, tekşirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini söraymiz”, — deyiladi IIB xabarida.