Prezident Şavkat Mirziyoyev Kinoçilar saroyini borib kördi. Uşbu maskan 2021 yil mukammal ta’mirlangan, katta-kiçik zallar, yozgi kinoteatr va xonalar zamonaviy jihozlangan. Bu yerda jami 3 ming nafar tomoşabinni qabul qiliş imkoni mavjud.
Davlat rahbari dastlab Özbekiston kino san’ati muzeyini közdan keçirdi. Muzey 1972 yilda taşkil etilgan bölib, ilgari muzey-arxiv sifatida faoliyat yuritgan. Unda ellik mingdan ortiq tarixiy buyum, libos, rasm va kinotasmalar bor.

Şavkat Mirziyoyev rejissyor va aktyorlar, kinoşunoslar, soha mutasaddilari bilan suhbatlaşdi.
- Sönggi yillarda milliy kinomiz qayta «uyğondi», desak töğri böladi. Yuqori saviyali, zamonaviy sifatli filmlar paydo böldi. Buning uçun sizlarga minnatdorlik bildiraman. Şu bilan birga, kinematografiyani rivojlantiriş uçun yana nimalar qilişimiz kerak, degan savol meni öylantiradi. Agar tariximizni dunyoga tarannum etmoqçi bölsak, xalqimizning milliy ğururini kötarmoqçi bölsak, buni birinçi navbatda kino yordamida amalga oşirişimiz kerak, - dedi davlat rahbari.

Muloqotda Prezidentimiz taşabbusi bilan işlab çiqilgan «Tirik tarix» turkumidagi filmlar loyihasi taqdimot qilindi. Bu 2024-2030 yillarga möljallangan strategik dastur bölib, eng qadimgi ötmişdan tortib, yaqin tarixgaça bölgan juda katta davrni qamrab oladi. Loyihada çet ellik hamkorlar, kino san’ati ustalari ham iştirok etişi rejalaştirilgan.
– Albatta, bu dastur va ğoyalarni amalga oşiriş uçun köp moddiy imkoniyat talab etilişini, yuzlab iste’dodli mutaxassislar zarurligini ham barçamiz yaxşi bilamiz. Qançalik qiyin bölmasin, biz tom ma’nodagi ulkan, tarixiy bu loyihaning moliyaviy masalalarini hal qilamiz. Nega deganda, uşbu dastur şonli ötmişimizni çuqur anglab, şu asosda kelajakka işonç bilan dadil qadam qöyişga, yoşlarni çinakam vatanparvar insonlar qilib tarbiyalab, Uçinçi Renessansni barpo etişga katta turtki böladi, dedi Şavkat Mirziyoyev.


Muloqotda kinoijodkorlar mazkur turkum filmlar va sohani rivojlantiriş yuzasidan takliflarini bildirdi.












