Suv resurslari böyiça kelişmovçiliklar dunyo böylab köplab keskin vaziyatlarning negizida yotadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Istanbulda bölib ötgan qişloq xöjaligi ekotizimlari yiğilişi iştirokçilari oldida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, xuddi şunday jarayonlar Osiyo, Amerika, Şimoliy Afrika va Yaqin Şarq mamlakatlarida kuzatilmoqda.
«Iqlim özgarişining salbiy oqibatlari tufayli suv manbalari va suv omborlari töqnaşuv zonasiga aylanib bormoqda», dedi Turkiya rahbari.
Prezident global oziq-ovqat inqirozining oldini olişda Turkiyaning hissasini ham qayd etdi.
«Turkiyaning sa’y-harakatlari bilan amalga oşirilgan Qoradengiz taşabbusi tufayli, birinçi navbatda Afrikada köplab mintaqalarda oçarçilikning oldini oliş mumkin böldi. Xavf bilan yuzma-yuz kelganda, ön minglab odamlar halok bölişi mumkin edi», dedi u.
Davlat rahbari Turkiya COVID-19 pandemiyasi va Ukrainadagi uruş şaroitida 33 million tonna ğallaning öz böğozlaridan ötişini ta’minlab, oziq-ovqat xavfsizligi bilan boğliq vaziyat yomonlaşişiga yöl qöymaganini ta’kidladi.
Erdöğan öz nutqida Ğarb davlatlarining mustamlakaçilik ötmişiga ham töxtalib ötdi.
«Neft, oltin, olmos va boşqa yer osti boyliklari uçun qon tökilgan. Bir tomçi qondan bir tomçi neftni qimmat bilgan mustamlakaçilar hukmronlik qiliş uçun har qanday yölni işga solgan. Ular minglab kilometr uzoqlikda joylaşgan mamlakatlarga bostirib kirişdi. Ular öz ixtiyoridagi barça vositalardan foydalanib, Afrika öğlonlarini, boyliklarini, olmos va oltinlarini Yevropaga olib ketişdi. Ular xalqni öz ona yurtidan quvib çiqardi, töqnaşuvlar va fuqarolar uruşini boşladi, qonli diktatorlarni qöllab-quvvatladi, davlat töntarişlari uyuştirdi, qotillik va qirğinlar qildi. Ular mahalliy aholini iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan öziga töla qaram qilib, içkilik va giyohvandlikka ruju qöyişdi. Ular öz farovonligini mazlumlardan öğirlangan boyliklarga qurdilar. Biz Kongo, Jazoir, Keniya, Somali, Janubiy Afrika, Namibiya, Nigeriya va boşqa köplab Afrika davlatlarida inson huquqlari böyiça ma’ruza öqiyotgan Ğarb davlatlarining harakatlaridan juda xabardormiz, dedi u.












