Özbekiston uçun 2024 yilgi Haj kvotasi xuddi ötgan yilgidek 15 mingta qilib belgilangan. Bu haqda Din işlari böyiça qömita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov ma’lumot berdi. 

Qayd qilinişiça, 23 maydan 7 iyun kuniga qadar respublikaning 10 ta hududiy xalqaro aeroporti: Toşkent, Namangan, Farğona, Qarşi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganç, Nukus şaharlari orqali ziyoratçilarni Madina şahriga yuboriş hamda 22 iyundan 12 iyulga qadar Jidda şahridan Özbekistonga olib keliş işlari amalga oşiriladi. 

Ta’kidlanişiça, ziyoratçilar Madina va Makka şahridagi mehmonxonalarga joylaştiriladi. Haj mavsumida özbekistonlik ziyoratçilarga xizmat körsatiş uçun yuqori malakali şifokorlar, oşpazlar va guruh rahbarlari jalb etiladi. 

Saudiya Arabistoni qirolligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq Haj amallarini bajariş uçun ziyoratçida «Haj-2024» vizasi bölişi şart. 

Saudiya Arabistoni hukumati qolgan barça turdagi vizalar - umra, turizm, biznes, ziyorat va boşqalar bilan haj tadbirini amalga oşirişga qat’iy yöl qöymasligi xabarda eslatib ötilgan.