Rossiya qöşinlari Janubiy harbiy okrugda nostrategik yadro qurollarini tayyorlaş va qöllaş böyiça amaliy maşğulotlarni boşladi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi. 

Uşbu bosqiç doirasida Janubiy harbiy okrug tuzilmalari «Iskander» operativ-taktik raketa majmuasi uçun öq-dorilarni qabul qiliş, şuningdek, raketalarni uçirişga tayyorgarlik köriş uçun yaşirin ravişda pozitsiya zonasiga ötiş amaliyotini bajaradi. 

Maşğulotlar davomida Rossiya Aerokosmik kuçlarining aviatsiya qismlari öz navbatida «aviatsiya qurollarini» maxsus jangovar bölinmalar, şu jumladan «Kinjal» gipertovuşli raketalari bilan jihozlaşni va belgilangan patrul hududlariga uçişni maşq qiladi. 

Mudofaa vazirligi öz bayonotida ta’kidlaganidek, maşğulotlar «ğarb rasmiylarining Rossiyaga qarşi provokatsion bayonotlari va tahdidlariga javoban» ötkazilmoqda. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Boş ştabi 6 may kuni maşğulotlarga tayyorgarlik haqida ma’lum qildi. Maşqlar davomida «nostrategik (taktik) yadro qurollarini tayyorlaş va qöllaş» amaliyoti ötkazilişi rejalaştirilgan.