Davaktiv agentligi, Kun.uz'dagi maqolaga javoban, Qaşqadaryodagi törtta boğçaning “uzluksiz işlaşi borasida aniq çoralar belgilanmagunça” sotilmasligini ma’lum qildi. Işlab turgan boğçalar nega qarorda “böş turgan obekt” deb körsatilganiga esa izoh berilmadi. Iqtisodçi Otabek Bakirov boğçalar, maktablar va şifoxonalarga tegişli mulklarni xususiylaştirişni qonun bilan taqiqlaşga çaqirdi.

Özbekistonda yangi xususiylaştiriş dasturi asosida bir qator ijtimoiy soha obektlari ham sotuvga çiqarilmoqda.

Avvalroq Kun.uz Qaşqadaryo viloyatidagi jami 700 örinli 4 ta “Erkatoy” boğçalari “böş turgan obekt” sifatida sotuvga qöyilişi haqida yozgandi. Tahririyatga murojaat qilgan ota-onalarning aytişiça, bu boğçalar böş emas – ular işlab turibdi. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unda aytilişiça, 2023 yilda ötkazilgan tahlil va xatlov natijalari asosida 2024 yilgi xususiylaştiriş dasturiga “Özbekneftegaz” AJning bugungi kunda bozorda xususiy tadbirkorlar faoliyat körsatayotgan va faoliyatiga xos bölmagan 23 ta aktivlari ham kiritilgan. Ulardan 4 tasi bolalar boğçasi hisoblanadi.

“Ta’kidlaş joizki, xususiylaştiriş dasturi qarorida ijtimoiy soha obektlarini sotiş muddati va şartlari, şu jumladan faoliyat turini saqlaş şartlari Davlat mulkini xususiylaştiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini muvofiqlaştiriş böyiça komissiyasi tomonidan belgilanişi körsatilgan.

Uşbularga köra, mazkur bolalar boğçalarining uzluksiz va samarali faoliyatini ta’minlaş böyiça aniq çoralarni belgilaş işlari yakunlanmagunga qadar ular ommaviy savdolarga çiqarilmaydi va “Şörtan gaz kimyo majmuasi” MÇJning 4 ta bolalar boğçasi sotilmaydi, hozirça korxona ixtiyorida qoldiriladi”, – deyiladi rasmiy izohda.

Ta’kidlanişiça, avval (sobiq) ijtimoiy soha obekti bölgan böş turgan obektlar tegişli soha vazirligi bilan kelişilgan holda xususiylaştiriş dasturiga kiritilgan. Bunday sobiq ijtimoiy soha obektlari ta’lim, maktabgaça ta’lim, soğliqni saqlaş sohasida xususiy muassasalarini taşkil etiş şarti bilan xususiylaştirilişi belgilab qöyilgan.