“Tovarlarning (xizmatlarning) bozor narxlaridan kelib çiqib soliq bazasini aniqlaş orqali teng raqobat muhitini yaratiş töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Soliq kodeksining 248-moddasi törtinçi qismiga muvofiq agar bitim narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori bölsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatiş kiritişga haqli.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi 489-sonli qarorining 3-ilovasiga muvofiq tovarlarni (xizmatlarni) boşqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboşlab realizatsiya qilişda, yuridik şaxsning mol-mulkidan şaxsiy maqsadlarda foydalanişda va tovarlarni (xizmatlarni) bepul berişda (körsatişda) qöşilgan qiymat soliği bazasini tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib çiqib aniqlaş tartibi tasdiqlangan.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi “Tovarlarning (xizmatlarning) bozor narxidan kelib çiqib soliq bazasini aniqlaş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlanadi:
- tovarlarning (xizmatlarning) bozor narxini aniqlaşda foydalaniladigan usullar hamda ularni qöllaş tartibi;
- tovarlarning (xizmatlarning) bozor narxidan kelib çiqqan holda qöşilgan qiymat soliği, foyda soliği va aylanmadan olinadigan soliq bazasini aniqlaş tartibi.
Belgilanişiça, mazkur qaror talablari tajriba tariqasida quyidagi tovarlarga nisbatan tatbiq etiladi:
- 2024 yil 1 avgustdan e’tiboran – köçmas mulk obektlari, birja va (yoki) davlat xaridlari uçun elektron platformalarda sotiladigan tovarlarga;
- 2024 yil 1 oktyabrdan e’tiboran – raqamli identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovka qilinişi lozim bölgan tovarlarga.
Soliq qömitasi 2025 yil 1 yanvarga qadar mazkur tajriba natijalaridan kelib çiqib, uşbu tartibni barça tovarlarga (xizmatlarga) qöllaş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va “Özbekiston Respublikasi Tovar-xomaşyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati 2024 yil 1 iyulga qadar:
- davlat xaridlari va birja savdolari iştirokçilari tomonidan tuzilgan şartnoma ma’lumotlarini (har bir lot va tovarlar nomenklaturasi kesimida);
- davlat xaridlari va birja savdolari iştirokçilari tomonidan tuzilgan şartnomalarning ijrosi böyiça elektron hisobvaraq-faktura ma’lumotlarini özlarining axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda özaro real vaqt rejimida almaşişni yölga qöyadi.

















