Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi 1995 yilda Bosniyaning Srebrenitsa şahridagi voqealarni genotsid deb tan olgan rezolyutsiyani ma’qulladi.
Rezolyutsiyani 84 davlat qöllab-quvvatladi, 19 davlat qarşi çiqdi, 68 davlat betaraf qoldi.
1995 yildagi Srebrenitsa genotsidi haqida Xalqaro fikrlaş va xotirlaş kunini belgilaş töğrisidagi rezolyutsiya Bosniya va Hersegovina, Germaniya va boşqa bir qança davlatlar tomonidan taklif qilingan edi. Serbiya bunga keskin qarşi çiqdi. Serblar Srebrenitsa voqealarini qirğin deb tan oladi, ammo genotsid emas.
Mazkur rezolyutsiya böyiça ovoz beriş jarayoni «batafsilroq körib çiqiş va takliflar kiritiş uçun» degan iboralar bilan bir neça bor qoldirilgan edi.
Bosniya tomonining rasmiy ma’lumotlariga köra, 1995 yil iyul oyida Srebrenitsani BMT tinçlikparvar kuçlari tark etgandan söng, bir neça kun içida 8 mingdan ortiq musulmon öldirildi. Bu jinoyatlarda Bosniya serblari ayblandi. Keyinçalik Haagadagi Xalqaro sud Srebrenitsadagi voqealarni genotsid sifatida baholadi.









