09:44 / 27.05.2024
5623

Olmaliqda «Damas» kanalga tushib ketdi

YTH natijasida haydovchiga ziyon yetmagan. Avtoulov texnik shikastlangan. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi avtoulovni boshqarayotgan vaqtida mast holda bo‘lgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Olmaliq shahrida «Damas» avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 26 may kuni soat taxminan 12:00 larda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi M.S. «Damas» rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida (avtoulovda haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan) boshqaruvni yo‘qotib, «Tanachi-Bo‘ka» kanaliga tushib ketgan.

YTH natijasida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov texnik shikastlangan. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi avtoulovni boshqarayotgan vaqtida mast holda bo‘lgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top