Toşkent viloyati Böstonliq tumanida Gentra töliq yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Holat 27 may kuni soat taxminan 13:30 larda Böstonliq tumani hududidan ötgan 4R12 Bektemir—Çorboğ avtomobil yölining 62-kilometrida (aholi yaşaş joyidan taşqari) sodir bölgan.
Haydovçi - 2002 yilda tuğilgan, Toşkent şahrida yaşovçi A.K. boşqaruvidagi Gentra’da qisqa tutaşuv bölgan (avtomobilning yonilği turi benzin).
Şu sababli yonğin yuzaga kelgan. Uşbu holatda haydovçi va ikki nafar yölovçi avtomobildan tuşib qolgan.
Yonğin natijasida harakat iştirokçilarining soğliğiga ziyon yetmagan. Avtoulov töliq yonib ketgan.

















