Tailand hukumati bir qator mamlakatlardan kelgan sayyohlar uçun viza talablari bekor etilişini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Bangkok Post.
Uşbu taşabbus qirollikning turizm industriyasini rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar majmuasining bir qismidir. Tailand hukumati vakili Çay Vaçaronning sözlariga köra, vizasiz kiriş huquqiga ega davlatlar röyxati 57 tadan 93 taga köpaymoqda.
Özbekiston vizasiz rejim amal qiluvçi 36 ta yangi davlatdan biri böldi. China Daily xabariga köra, röyxatga Hindiston, Kamboja, Laos, Qozoğiston va boşqa davlatlar ham kiritilgan.
Röyxatga kiritilgan mamlakatlar fuqarolari uçun vizasiz qoliş muddati 30 kundan 60 kungaça uzaytiriladi. Yana 31 (hozir 19) davlat pasporti egalari kelganlarida viza olişlari mumkin böladi.
Bundan taşqari, hukumat raqamli sohalarda masofadan turib işlaydigan çet el fuqarolari uçun Destination Thailand Visa vizasining yangi turini («raqamli köçmançilar») joriy qiladi.
Hukumat hisob-kitoblariga köra, viza yiğimlaridan tuşadigan daromad taxminan 12,3 milliard batga (335 million dollar) qisqaradi. Biroq, bu yöqotişlar turizm sanoatidan tuşadigan daromadlarning ortişi bilan qoplanadi.
2024 yil fevral holatiga köra Özbekiston aholisi dunyoning 31 davlatiga, jumladan Eron va BAAga vizasiz kirişi mumkin. Yana 28 davlat, şu jumladan öşa vaqtda Tailand ham fuqarolarga aeroportda vizalar bergan.












