Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Ğazo sektori va Misr örtasida çegaradagi 14 kilometrlik bufer zonasi bölgan Filadelfiya koridorini «operativ nazoratga oldi». Bu haqda 29 may, çorşanba kuni TsAHAL rasmiy vakili Daniel Hagariy ma’lum qildi.
Ğazo sektori çegaralari böylab ötuvçi Filadelfiya yölagi 1979 yilda Isroil va Misr örtasidagi tinçlik kelişuvi doirasida yaratilgan. Isroil armiyasi undan Ğazo sektorini tark etişdan oldin patrul qiliş uçun foydalangan, deb eslatadi AFP. «Isroil uzoq vaqtdan beri Falastin hududidagi qurolli guruhlar uşbu yölakdan qurol-yaroğ olib ötişda foydalanmoqda, deya gumon qilib keladi», deb yozadi naşr.
Hagariyning sözlariga köra, Isroil harbiylari Filadelfiya yölagi böylab 20 ga yaqin tunnelni aniqlagan. Öz navbatida, Misrning yuqori martabali vakili bu ma’lumotlarni rad etdi. «Isroil Falastinning Rafah şahriga qarşi operatsiyani davom ettirişni oqlaş va uruşni siyosiy maqsadlarda çöziş uçun bu ayblovlarga murojaat qilmoqda», — deya AFP rasmiyning sözlaridan iqtibos keltirgan. Jurnalistlar suhbatdoşining ismi körsatilmagan.
Isroil harbiylarining Rafahdagi operatsiyasi
Isroil mudofaa kuçlari xalqaro tanqidlarga qaramay, Ğazo sektori janubidagi Rafah şahrida harbiy amaliyotlarini davom ettirmoqda. OAV şahar tanklardan va havodan öqqa tutilayotgani haqida xabar bermoqda.
Oxirgi uç hafta içida Ğazo sektorining Misr bilan çegarasida joylaşgan Rafah şahridan 1 millionga yaqin falastinlik jangovar harakatlar tufayli çiqib ketdi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 36 mingga yaqin falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.












