Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasiga (IBA) a’zo bölgan milliy federatsiyalar sportçilariga 2028 yilgi yozgi Olimpiada öyinlarida iştirok etişni taqiqladi. Bu haqda XOQ matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Hozir boks 2028 yilgi Olimpiada öyinlarining sport dasturiga kiritilmagan. XOQ boks böyiça bunday olimpiya musobaqasini boşqa ötkaza olmasligini ma’lum qildi. Buni bartaraf qiliş uçun Olimpiada boksi işonçli va yaxşi boşqariladigan xalqaro federatsiya tomonidan taşkil qilinişi kerak», deyiladi xabarda.
Bayonotda ta’kidlanişiça, «milliy federatsiyasi IBA a’zosi bölgan har qanday boksçi 2028 yilgi Olimpiya öyinlarida iştirok eta olmaydi».
Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) 2019 yilda IBA a’zoligini töxtatib qöygan edi. 2023 yil 22 iyun kuni «boşqaruv, moliya va hakamlik bilan boğliq muammolar tufayli» IBAni tan olişi haqidagi qarorini bekor qildi. XOQ buni «yagona mantiqiy yeçim» deb atadi. Parij-2024 olimpiadasida boks musobaqasi XOQ tomonidan ötkaziladi.
IBA rahbari rossiyalik Umar Kremlyov XOQ qarorini «siyosiylaştirilgan» deb hisoblamoqda.
2028 yilgi Olimpiya öyinlari AQŞ Los-Anjyeles şahrida bölib ötadi.












