Ijtimoiy tarmoqlarda #Ölim_çarxpalagi xeştegi ostida videolavha tarqalgandi. Holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, videolavhada aks ettirilgan çarxpalak Andijon viloyati Andijon şahri Z.M.Bobur nomidagi istirohat boğida joylaşgan. Mazkur istirohat boği Bobur xalqaro jamoat fondi tasarrufidagi boğ bölib, hozirgi kunda tadbirkor “Lyuks attraksion” MÇJ rahbari M. Atabayev tomonidan ijaraga olingan.

“Ayni paytda boğdagi uşbu attraksion holati işçi guruh tomonidan örganilayotgani sababli, uning faoliyati vaqtinça töxtatilgan. Tasvirga oliş vaqtida va undan keyingi holatlarda uşbu attraksionda baxtsiz hodisa yuz bermagan va jarohat olganlar yöq”, deyiladi qömita rasmiy munosabatida.