Endilikda zöravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi beriladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Odiljon Tojiyev xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, Qonunçilik palatasida bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qilişga qaratilgan qonun qabul qilinib, Senatga yuborilgan. 

“Şunday vaqtlar böldiki, qonunlarimizdagi böşliqlar hamda vakolatli organlar bölmagani tufayli jamiyat bolasini kaltaklab turgan ota-onaga qarşi lom-mim deya olmadi. “Bola meniki, qanday tarbiyalasam, özim bilaman”, deydiganlarga “hoy”, deyişdan nariga ötolmagan vaqtlar böldi.

Endi bu kabi holatlarga nuqta qöyiladi. Özbekiston tarixida ilk marta jabrlangan bolani hatto oiladan ajratib olişimizga izn beradigan bazaviy huquqiy asos yaratildi.

Endi zöravonlikdan jabrlangan bola yoki uning qonuniy vakili ma’naviy ziyonni kompensatsiya qiliş töğrisidagi ariza bilan sudga murojaat eta oladi va bu jarayonda davlat boji tölaşdan ozod qilinadi”, deya ta’kidlab ötgan Odiljon Tojiyev.

Spiker örinbosari uşbu qabul qilingan qonunga amalda ehtiyoj sezilmasligiga va bolalar heç qaçon zöravonlikka uçramasligiga umid bildirib qolgan.