Qişloq xöjaligi vazirligi xabariga köra, u universitetning öquv işlari böyiça prorektori lavozimiga tayinlandi.
Narzullo Oblomurodov 1975 yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tuğilgan. 1996 yilda Toşkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000 yilda Birminghem universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi böyiça olim-iqtisodçi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
2000 yildan Özbekiston oliy ta’lim tizimida faoliyat körsatgan, xususan, Toşkent moliya instituti, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutida ilmiy xodim, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida işlagan.
Şuningdek, bank-moliya sohasida, davlat organlari tizimida, jumladan prezident administratsiyasi huzuridagi Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmatida ham işlagan.
U 2023 yilning iyul oyidan beri Toşkent moliya instituti ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori lavozimida işlab kelayotgandi.













