Toşkent şahri hokimining turizm masalalari böyiça örinbosari Faxriddin Davrukov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda turizm sohasi böyiça prezident ötkazayotgan yiğilişda ma’lum qilindi.
“Oxirgi yillarda poytaxtda Toşkent siti, Toşkent moll, Magic City kabi turizm maskanlari barpo etildi. Bu majmualarga yiliga 4 milliondan ziyod odam taşrif buyuryapti, ularning 35 foizidan köpi xorijiy turistlar.
Lekin poytaxt hokimligi öz taşabbusi bilan yangi takliflar bilan çiqmayotgani tanqid qilindi.
Şu bois Toşkent şahri hokimining turizm masalalari böyiça örinbosari F.Davrukov lavozimidan ozod etildi. Boş vazirga turizm böyiça har bir hokim örinbosari işiga baho beriş topşirildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Faxriddin Davrukov lavozimga 2021 yil aprel oyida tayinlangan edi. Bungaça u turizm qömitasi raisi örinbosari bölib işlagandi.











