2024 yilning 25 may kuni Chery Tiggo 7 Pro krossoverlarining sohiblari ajoyib voqeaning ishtirokchilariga aylandilar. Jizzax viloyatidagi Zomin qo‘riqxonasi Tiggo 7 Pro muxlislari uchun o‘yin-kulgi markaziga aylandi. Ushbu zamonaviy va o‘tish qobiliyati yuqori bo‘lgan krossoverlar sohiblari nafaqat o‘zaro muloqot qilish, balki o‘z avtomobillarini to‘liq sinab ko‘rish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. Ushbu qiziqarli sayohat davomida ishtirokchilar o‘zlarining krossoverlarining o‘tish qobiliyati, dinamikasi va boshqarilishiga baho berish imkoniga ega bo‘ldilar.

Qiziqarli dasturning birinchi nuqtasi 2023 yil dekabr oyida ochilgan shishadan ishlangan ajoyib osma ko‘prikni ziyorat qilish edi. Uning uzunligi haybatli 305 metrni tashkil etib, balandligi esa 150 metrga tengdir. Ko‘prik tashrif buyuruvchilarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlab, bir vaqtning o‘zida 600 kishining vazniga bardosh berishga mo‘ljallangan. Tiggo 7 Pro sohiblari bosh aylanadigan darajadagi balandlikdagi manzaralardan bahramand bo‘lib, o‘z his-tuyg‘ularini zavq bilan baham ko‘rdilar. Shishadan ishlangan osma ko‘prik bo‘ylab sayr ularga unutilmas hissiyotlar va yorqin xotiralar taqdim etdi.

Mahobatli WCWL tadbirining davomi TRYP BY Wyndham Zomin mehmonxonasida ijodkorlik va qiziqarli ruhda davom etdi. Tashkilotchilar mehmonlar uchun tanlovlar va musobaqalarni o‘z ichiga olgan boy shou dasturini tayyorlab qo‘ygan edilar.

Bayramning eng muhim voqealaridan biri, iste’dodlar tanlovi bo‘lib, unda ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, tomoshabinlarga o‘zlarining ijodiy chiqishlarini taqdim etdilar. Tadbir albatta, qo‘shiqlar, raqslar, hazil-mutoyibalar, mini-spektakllar va hatto rasmlardan xoli o‘tmadi – barcha nomerlar Tiggo 7 Pro krossoveriga bag‘ishlangan edi. Ijodiy muhit, hayajonli chiqishlar va do‘stona munosabat – bular WCWL doirasidagi bayramning asosiy g‘oyasidi


















