Toşkent şahri markazidagi sobiq MXX binosi atrofida joylaşgan daraxtlar noqonuniy köçirib ketilgani böyiça jinoyat işi oçildi. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi ma’lum qildi.

Prokuraturaning tasdiqlaşiça, Yunusobod tumanidagi Sayilgoh köçasi 1-uy manzilida olib borilayotgan quriliş loyihasi doirasida “Muna Mag” MÇJ tomonidan soğlom ösib turgan jami 53 tup qimmatbaho navli köp yillik daraxtlar (eman, qarağay, aylantus va boşqalar) belgilangan talablarga zid ravişda noqonuniy ravişda köçirib olib ketilgan.

“Holat yuzasidan daraxtlarni noqonuniy köçirgan xöjalik yurituvçi sub’yekt mas’ullari va bunga imkoniyat yaratib bergan mansabdor şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Jinoyat işi Boş prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan”, – deyiladi Boş prokuratura axborotida.

Nega bunça keç?

Daraxtlar köçirilayotgani haqida OAV, xususan Kun.uz 22 may kuni xabar bergan, öşa kuni Özbekiston Ekologik partiyasi Boş prokuraturaga murojaat qilib, holat böyiça zudlik bilan çora körişni söragandi.

Kun.uz bundan 9 kun oldin – 25 may kuni e’lon qilgan materialida “Muna Mag” kompaniyasi daraxtlarni köçiriş uçun ruxsat olmaganini yozgandi.

Öşanda kompaniya rahbari Farrux Hakimov hozirça 15 dona eman Qibrayga olib kelingani, yana 11 donasi köçirib kelinişi, şu tariqa Sayilgoh köçasidan jami 26 dona 30-70 yoşli eman daraxtlarini köçiriş işlari davom etayotganini aytgandi.

Farrux Hakimov daraxtlar köçirilgan Qibray tumani Mirzo Uluğbek şaharçasida

Hakimovning öşa vaqtdagi gaplariga işonilsa, bundan 10 kun oldin (tahririyat muxbiri materialni 24 mayda tayyorlagan) daraxtlarning bir qismini köçiriş işlari hali davom etayotgan bölgan. Jinoyat işining öz vaqtida qözğatilişi daraxtlarning ma’lum qismini öz joyida saqlab qolişga imkon bergan bölardi, ehtimol.