Davlat tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan soha vakillari uchun ipoteka krediti asosida xarid qilinadigan uy-joy dastlabki badalining bir qismini qoplash uchun subsidiya olishga onlayn ariza yuborish xizmati ishga tushdi.

Arizalarni my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali yuborish mumkin bo‘ladi.

Mazkur imkoniyatdan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari foydalanishlari mumkin.

Ariza to‘liq onlayn topshiriladi.

Qayd etilishicha, respublikaning istalgan hududidan birlamchi bozordan (yangi qurilgan) uy-joy xarid qilish mumkin.

Arizalar onlayn ko‘rib chiqiladi va barcha talablarga to‘liq mos kelgan ishtirokchilar orasidan har chorakda 125 nafar g‘olib maxsus tasodifiy tanlash dasturi (random.org) orqali avtomatik ravishda aniqlanadi.