Toşkent viloyatining Toşkent tumanida tez tibbiy yordam şifokori bemor tomonidan kaltaklandi. Holat yuzasidan tuman hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, 1 iyun kuni soat 16:35 da tez tibbiy yordam markaziga Toşkent tumani Çuvalaçi hududi Dilkaş köçasi 15-uyda yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan J.O.dan boş oğriği şikoyati bilan murojaat kelib tuşgan. Çaqiruv soat 16:39 da eng yaqin “Yangiobod” şoxobça guruhiga uzatilgan. Şifokor R.J. hamda feldşer N.O‘. manzilga yetib borgan.

Bemor şifokorga boş oğriği, bezovtalik, umumiy holsizlik şikoyatlari borligini va buyrak kasalligi böyiça davolanayotganini aytgan.

Şifokor feldşerga oğriq qoldiruvçi dori vositasini tayyorlaşni aytib, bemorga qöşimça kasalliklari böyiça savollar bergan. Şu paytda bemor “Sen kimsan, işingni qil tezroq”, deya şifokorni haqoratlab, uning yuziga muşt tuşirgan. 

Şifokorning labi va pastki jağ sohasidan qon ketişni boşlagan va biroz vaqtga qadar unda karaxtlik xolati kuzatilgan. Holat böyiça hudud profilaktika inspektoriga xabar berilgan.

R.J. boşqa guruh bilan TTA-3 yuz-jağ jarrohligi bölimiga olib borilgan. U yerda jarohati tikilib, qon oqişi töxtatilgan. Şifokor işini davom ettiriş maqsadida iş joyiga qaytgan. Ammo ma’lum vaqt ötib unda boş oğriği, boş aylanişi, köngil aynişi, umumiy holsizlik kuzatila boşlangan. Söngra u “Boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, öng tomon pastki lab sohasida tikilgan jarohati, öng pastki jağda yumşoq töqimalar lat yeyişi” taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Bu Toşkent tumanida şifokorning kaltaklanişi böyiça ilk holat emas. Tumanda avval ham çaqiruvga borgan tibbiyot xodimi kaltaklanib, jarohat yetkazilgan va holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgandi.