31 may kuni S&P xalqaro kredit reyting agentligi Özbekiston suveren kredit reytingi böyiça navbatdagi hisobotini e’lon qildi.

Agentlik Özbekiston suveren kredit reytingini “BB-” (barqaror kutilma) darajasida saqlab qoldi.

S&P Global Ratings quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan:

  • 2024-2027 yillarda iqtisodiy ösiş örtaça 5,2 foizni taşkil etişi prognoz qilingan. Bu ötgan yilgi 6 foizlik körsatkiçdan biroz pastroq. Iqtisodiy va boşqaruv islohotlari, jumladan, energetika tariflarini rejali tarzda oşiriş mamlakatning sarmoyaviy istiqbollarini qöllab-quvvatlaydi.
  • Qarorlar qabul qiliş markazlaşganligiça qoladi. Korrupsiyani qabul qiliş yaxşilanayotganiga qaramay, hali ham yuqoriligiça qolyapti.
  • Özbekistondagi ösiş investitsiyalar hisobiga bölmoqda. Ötgan yili bu körsatkiç YaIMga nisbatan qariyb 43 foizni taşkil etgan.
  • Hukumat 2023 yil oktyabr oyidan yuridik şaxslar uçun elektr energiyasi va gaz narxlarini oşirgandi, 2024 yilning may oyidan uy xöjaliklari uçun tariflar özgardi. S&P'ga köra, hukumat 2027 yilga borib xarajatlarni qoplaşga erişmoqçi. Şuningdek, elektr energiyasini işlab çiqarişni diversifikatsiya va modernizatsiya qiliş rejalaştirilyapti. Mamlakat 2030 yilgaça qayta tiklanadigan energiyani 25 ming MW'ga yetkazişni maqsad qilgan.
  • Özbekiston eksport bazasini mustahkamlaş uçun mis, oltin, kumuş va uran işlab çiqarişni ham kengaytirmoqda.
  • Hukumat sanksiyalar talablarini bajarişga harakat qilayotganiga qaramay, AQŞ va Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan biznes yuritayotgan özbek kompaniyalarini ikkilamçi sanksiyalar röyxatiga kiritiş xatari saqlanib qolyapti.

Hukumat budjet taqçilligini 2024 yilda YaIMning 4 foizigaça va 2025 yilda 3 foizigaça pasayişini kutmoqda. S&P fiskal konsolidatsiya biroz sekinroq bölişini prognoz qilib, defitsit 2027 yilga kelib YaIMning