2024 yilning 4 iyun kuni soat 18:30 larda Şayxontohur tumani Nurafşon köçasi 15a-uy qarşisida Nexia-3 rusumli transport vositasining motor qismida yonğin kelib çiqqan.
Yonğin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yonğin natijasida tan jarohati olganlar yöq.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilib, yonğin yuzaga kelişining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
“Barça haydovçilardan boşqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bölişlarini söraymiz”, deyiladi Toşkent şahar IIBB YHXB xabarida.












