“Özbekistonda “yaşil” iqtisodiyotga ötişda milliy şaffoflik tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Özbekistonda “yaşil” iqtisodiyotga ötiş çoralarini muvofiqlaştiriş böyiça idoralararo kengaşga issiqxona gazlarining xatlovi böyiça quyidagi qöşimça vazifalar yuklandi:

🔹issiqxona gazlari xatlovi hisobotini tasdiqlaş;
🔹xatlov tizimining içki qoidalarini tasdiqlaş va yangilab boriş;
🔹issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytiriş faoliyatini muvofiqlaştiriş;
🔹xatlov tizimi iştirokçilarining salohiyatini oşiriş çoralarini köriş.

2024 yil 1 dekabrgaça milliy şaffoflik tizimi onlayn platformasi (onlayn platforma) işga tuşirilişi va uning “Yaşil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinişi ta’minlanadi.

2025 yil 1 yanvargaça tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan ötkazilişi ta’minlanadi.

Bunda, onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yaşil” iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlaştiriladi.