Mirziyoyev Ğazo sektorida 8 oydan beri qonli uruş davom etayotgani, natijada 40 mingga yaqin aholi, xususan ayollar va bolalar halok bölayotganini çuqur iztirob bilan qayd etib, yaqinlarini yöqotganlarga hamdardlik bildirdi.

Özbekiston prezidenti Ğarb davlatlarining fojiaga bölgan munosabati Özbekiston va Turkiyani qattiq xavotirga solayotgani, amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilayotganini ta’kidladi.

“Demokratiya va inson huquqlarini keng tarğib qilgan va ularning himoyasida turgan yetakçi, rivojlangan davlatlar bu qotilliklarga, bu vahşiyliklarga köz yummoqda. Albatta, zöravonlikni töliq töxtatiş va tinçlik jarayonini boşlaş kerak. Ğazo fojiasi hanuzgaça hal qilinmagan Isroil–Falastin ziddiyatining ayançli oqibatlaridir. Barqaror va uzoq muddatli tinçlikka erişiş uçun, albatta, mustaqil va ozod Falastin davlati taşkil etilişi şart. Aslida Falastin muammosi butun Yaqin Şarq muammosidir”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident, Özbekiston ana şu ötkir muammo böyiça Turkiya prezidenti bildirayotgan adolatli taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi.

“Biz muqaddas dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini keng tarğib etiş borasida olib borayotgan işlarimiz böyiça hamkorlikni davom ettiramiz. Özbekiston zaminida tuğilib, kamol topgan, musulmon olamida yuksak e’tirof etilgan mutafakkirlar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abduxoliq Ğijduvoniy va Bahovuddin Naqşband kabi uluğ zotlarning bebaho ma’naviy-madaniy merosiga qardoş turk xalqining diqqat va e’tibori tobora ortib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Hurmatli Erdogan janobi oliylarining Islom diniga qarşi har qanday salbiy harakatlarga nisbatan qat’iy pozitsiyasi ham alohida ehtirom va e’tirofga loyiqdir. Biz hozir murakkab vaziyatda dinimizga qarşi yovuz kuçlarning turli xuruj va bosimlariga birgalikda javob qaytarişga kelişib oldik”, – deya ta’kidladi Mirziyoyev.