Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva Toşkentda bölib turgan AQŞ savdo vakili Ketrin Tay bilan uçraşdi.
Muloqot davomida Özbekiston iqtisodiy islohotlarni faqatgina statistika – yuqori körsatkiçlar uçun emas, balki e’tiborni, avvalo, xalq manfaatlari va farovonligiga qaratib, buni davlat siyosati darajasiga kötargan holda amalga oşirayotgani ta’kidlandi.
“Biz xalqaro savdo tizimining tölaqonli iştirokçisiga aylaniş niyatidamiz va Özbekistonning JSTga a’zo böliş jarayonini jadallaştirişda AQŞ kömagiga tayanamiz”, – deya yozdi Mirziyoyeva öz Telegram-kanalida.



Ketrin Tay avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyevning qabulida bölgandi.












