Samarqandda homilador ayolga qo‘l ko‘targan IIB xodimi ishdan bo‘shatildi
Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB profilaktika inspektori ikki nafar fuqaroga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, profilaktika inspektori ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki fuqaro hamda IIB xodimi o‘rtasidagi janjal aks etgan videolavha tarqaldi. Holat Samarqand shahrida sodir bo‘lgan. Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, joriy yil 9 iyun kuni jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB profilaktika inspektori S.Eshonqulov soat 22:00 larda Samarqand shahar Dahbet ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qatnov qismida fuqarolar janjal qilayotganini ko‘rgan. U fuqarolarni 6-son IIBga olib borib, sodir etgan qilmishini rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Shunda profilaktika inspektori va ushbu shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Jarayonda profilaktika inspektori ikki nafar fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, profilaktika inspektori S.Eshonqulov ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34
-
Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs ushlandi, Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:19
-
«Shaytonarava» ishqi: kasallikmi yoki ijtimoiy muammo?
Jamiyat | 23:11
-
Turkiya va Belgiya Ukraina uchun «dronlar koalitsiyasi»ga qo‘shildi
Jahon | 22:41
Mavzuga oid

11:37
Samarqand no‘xatsho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

12:10 / 03.07.2025
Samarqandda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorlar aniqlandi

16:39 / 23.06.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

12:50 / 23.06.2025