1 iyuldan mahalliy yönalişlardagi yölovçi poyezdlar — «Nasaf», «Şarq», «Özbekiston» poyezdlari çipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oşiriladi. 

«Öztemiryölyölovçi» xabarida narxlar oşirilişi yölovçi poyezdlarda qöşimça servis xizmatlarini joriy etiş, ularni yanada rivojlantiriş, yölovçi vagon parklarini yangilaş, modernizatsiya qiliş, yangi elektropoyezdlarni xarid qiliş, vokzallarni zamon talablariga moslaştiriş bilan izohlangan.

Masalan, 12, 4-sonli Toşkent — Qarşi yönalişi avvalgi narxlari ekonom — 150 600, biznes 218 244 söm bölsa, yangi narxda ekonom — 178 250, biznes — 262 805 sömni taşkil qiladi.

15 maydan «Afrosiyob» elektropoyezdlari çiptalari narxi ekonom klass uçun 20 foiz, biznes klass uçun 30 foiz va VIP klass uçun 40 foizga oşirilgandi.