Qöşma Ştatlar va Polşa Varşavada Rossiya dezinformatsiyasiga qarşi kuraşiş xalqaro markazini oçdi. Bu haqda 10 iyun, duşanba kuni AP agentligi yolğon ma’lumotlarga qarşi kuraş uçun mas’ul bölgan amerikalik diplomat Jyeyms Rubin va uning polşalik hamkasbi Tomaş Xlonga tayanib yozdi.

Markazning rasmiy nomi - Ukraina aloqa guruhi. AP naşrining yozişiça, uning tarkibiga 12 davlat vakillari kiradi. Jumladan, Germaniya, Kanada, Fransiya, Finlandiya, Italiya va Ukrainaning özi. Guruhning asosiy vazifasi butun dunyo böylab Ukrainani qöllab-quvvatlaşni zaiflaştirişga qaratilgan Rossiya dezinformatsion kampaniyalarini aniqlaş va ularga qarşi kuraşişdan iborat böladi. 

Rossiya YeIda asosiy dezinformator sifatida körilyapti

Oxirgi töqqiz yil içida Yevropa Ittifoqi kamida 17 mingta kremlparast dezinformatsiya holatini aniqladi. Ularning aksariyati Ukrainaga qarşi qaratilgan, deya ma’lum qildi Bryussel DW’ga. YeI rasmiylari may oyi örtalarida bölib ötgan brifingda ma’lum qilganidek, Rossiya Federatsiyasi Yevropa Ittifoqidagi eng yirik dezinformatsiya tarqatuvçi sifatida köriladi.

Xususan, birgina 2024 yilning özida YeI taşqi siyosat xizmati kremlparast dezinformatsiyaning 1500 dan ortiq holatini qayd etdi, dedi Yevropa rasmiylaridan biri DW naşriga. Şu bilan birga, ekspertlar Bryussel tadqiqotining maqsadi dezinformatsiya holatlari maksimal sonini aniqlaş emas, balki iştirokçilarni, ular yondaşuvlari va usullarini tahlil qiliş, şuningdek, ular ortida turgan tizimlar va tarmoqlarni aniqlaş ekanligini tuşuntirdi. Şu tariqa, feyklarning haqiqiy soni bundan ham köproq bölişi mumkin. 

YeIda Rossiyaga aloqador bir qança OAV taqiqlandi 

17 may kuni YeI kengaşi Rossiya bilan boğliq bölgan törtta OAV translatsiyasini taqiqladi, ular, organga köra, «Rossiya propagandasini tarqaadi va Ukrainaga qarşi uruşni qöllab-quvvatlaydi». Taqiq RIA «Novosti», «Izvestiya», «Rossiyskaya gazeta» hamda Çexiyada joylaşgan va Viktor Medvedçuk bilan aloqador Voice of Europe internet-portaliga tegişli. Bu OAVning barçasi Rossiya Federatsiyasi rahbariyati bevosita yoki bilvosita doimiy nazorati ostida ekanligi ta’kidlandi. 

YeI kengaşi aniqlik kiritişiça, muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlar çeklovga tuşgan ommaviy axborot vositalari va ular xodimlarining YeIda translatsiyadan boşqa har qanday faoliyatni amalga oşirişiga tösqinlik qilmaydi. Rossiya TIV Bryusselga «javob çoralari» bilan tahdid qildi.