Joriy yilning 20 iyunida «Biznesni rivojlantiriş banki» ATB taşabbusi bilan «Yoşlar – kelajagimiz» jamğarmasi va Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamkorligida «Yoş tadbirkorlar» forumi bölib ötadi.

«Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili» va 30 iyun – «Yoşlar kuni»ga bağişlab ötkaziladigan Forumning asosiy maqsadi yoş tadbirkorlar va yoş startapçilarni qöllab-quvvatlaş, ular uçun muloqot platformasini yaratiş, yoşlarni biznesga jalb qiliş va ularning biznes loyihalarini moliyalaştirişni jadallaştiriş masalalari böyiça özaro fikr almaşişdan iborat.

Forum doirasida «Biznesni rivojlantiriş banki» ATB huzuridagi Kiçik biznesni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan yoş tadbirkorlar mahsulotlari va yoş startapçilarning innovatsion işlanmalari körgazmasi taşkil etiladi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentabrdagi PQ-306-sonli qarori asosida biznes loyihalari bank tomonidan moliyalaştirilgan yoş tadbirkorlar iştirok etadi. 

Şuningdek, «Yoş tadbirkorlar» forumi yoş tadbirkorlar uçun muvaffaqiyatli biznes kişilari, taniqli biznes trenerlar bilan tanişiş va muloqot qiliş imkonini ham yaratadi. 

Forum 20 iyun kuni soat 9.00 da “Yoşlar ijod saroyi”da boşlanadi.

Batafsil: www.brb.uz

Telegram | Facebook | Instagram