Chery Tiggo 8 Pro Max krossoveri Avstraliya-Osiyo yangi avtomobillarni baholash va nazorat qilish dasturi (ANCAP SAFETY)ning versiyasi bo‘yicha eng yuqori besh yulduzli xavfsizlik bahosini qo‘lga kiritdi. Bu, qat’iy krash-testlarda model ajoyib natijalarga erisha olganini anglatadi. Chery’ning ishlab chiquvchilari ushbu avtomobilni yaratishda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratganlar. Loyihalashtirilishi, sinovlardan o‘tkazilishi va ishlab chiqarish jarayonlariga qaratilgan alohida e’tibor tufayli yangi yo‘ltanlamas avtomobil o‘z sinfida yangi xavfsizlik standartini o‘rnata oldi. Konstruksiyasining har bir elementi haydovchi va yo‘lovchilar iloji boricha xavfsiz va qulay sayohat qilishlari uchun mo‘ljallangan.

Chery Tiggo 8 Pro Max'ni ishlab chiqishda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Chery'ning muhandislari diqqat bilan xalqaro standartlarni o‘rganib chiqib, eng zamonaviy passiv va faol xavfsizlik texnologiyalarni modelga joriy etganlar. Passiv xavfsizlikka kelsak, avtomobilning kuzovi yuqori mustahkamlikka ega po‘latdan foydalangan holda T1X platformasi asosida qurilgan. Kuzovning 60 foizdan ortiq qismi mustahkam po‘latdan yasalgan, asosiy zonalarda esa Benteler o‘ta mustahkam termo uslubida shakllantirilgan po‘lat qo‘llangan. Bu konstruksiyaga yuqori qat’iylik bag‘ishlab, avtohalokat sodir bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilar salonining ishonchli himoya qilinishi imkonini yaratadi.
Chery Tiggo 8 Pro Max ikkinchi bosqichdagi Advanced Assistance Systems (ADAS) zamonaviy faol xavfsizlik tizimlarining butun majmuasi bilan jihozlangan. Ushbu texnologiyalar haydovchiga avtomobilni xavfsizroq va qulayroq boshqarishga yordam beradi.
Masalan, adaptiv kruiz nazorati tizimi (Adaptive Cruise Control) avtomatik ravishda oldinga ketayotgan avtomobilga bo‘lgan xavfsiz masofani saqlaydi. U Tiggo 8 Pro Max tezligini yo‘ldagi vaziyatga ko‘ra to to‘liq to‘xtashgacha qadar boshqarib boradi.
Ko‘rinmas zonalarni aniqlash funksiyasi (Blind Spot Detection) avtomobilning orqa va yon tomonlaridagi hududlarni nazorat qilish maqsadida radar datchiklaridan foydalanadi. U hatto yomon ob-havo sharoitlarida ham ushbu ko‘rish zonalarida, boshqa transport vositalarining mavjudligi to‘g‘risida haydovchini ogohlantiradi.

















