Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birgalikda 13-15 iyun kunlari davlat taşrifi bilan mamlakatda böladi.
Bugun, 13 iyun kuni Koreya prezidenti respublikaga taşrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston boş vaziri va boşqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan söng, Koreya prezidenti turmuş örtoği hamrohligida özlari uçun ajratilgan qarorgohga jönab ketdi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Toşkent şahrida bölib ötadigan oliy darajadagi muzokaralarda Özbekiston–Koreya döstlik va alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqiladi.
Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almaşinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, infratuzilmaviy rivojlaniş va boşqa ustuvor yönalişlarda amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari e’tibor markazida böladi. Ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi qöşma dasturlar muhokama qilinadi.
Şuningdek, mintaqaviy, şu jumladan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almaşiş rejalaştirilgan.
Sammit yakunlari böyiça bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.














