14 iyun kuni “Dok-1 Maks” işi böyiça davom etgan apellyatsiya sudida Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva şaxsan iştirok etib, jabrlanuvçilarga tovon puli tölab beriş fikridan qaytmaganini, dastlabki tölovda ularning har biri 100 mln sömdan olişini bildirdi. Şuningdek, u “Dok-1 Maks” işidagi asosiy aybdor Dubayda dam olib yurganini ta’kidladi.
Bugun “Dok-1 Maks” işi böyiça apellyatsiya sudi davom etdi. Unda Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva qatnaşdi.
Munira Kariyeva suddan yana bir bor öğli Sardor Kariyevga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlansa, jabrlanuvçilarga tovon pulini tölab berişini ma’lum qildi.
“Biz ham qiynaldik, bolalarim ham qiynaldi, hamma qiynaldi. Lekin nazarimda hozirda iş töğri tarafga yurişni boşladi. Men kuzatib turib, ona sifatida jabrlanuvçilarning ota-onalariga nima qilsam yordam böladi deb öyladim.
Bu jarayon hali davom etadi, bilaman. Xalqaro miqyosiga çiqdik, bunga yillab vaqt kerak böladi. Şuning uçun imkoniyatdan kelib çiqib, jabrlanuvçilarga tovon pulini qoplab beramiz. Bu sözimda turaman. Faqat bir iltimosim şu böladiki, öğlimga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi uy qamoğiga almaştirilib berilsa, qaror çiqqan kundan tölovni boşlayman.
Sud jarayonlarida hammasi ma’lum böldi, bu yerda ötirganlar aybdor emas. Bu işning asosiy aybdori 1,5 yildan beri Dubayda dam olib yuribdi. Buni hammamiz bildik”, deya ta’kidladi Munira Kariyeva.
Şuningdek u dastlabki tölovda jabrlangan ota-onalarning har biri 100 mln sömdan olişini bildirdi. Qolgan summa esa grafik asosida 3 yil davomida tölab beriladi.
Sudda körsatma bergan jabrlanuvçilar ham Munira Kariyevaning taklifini qöllab-quvvatlab, Kariyevni qamoqda uşlab ötirişdan ma’no yöqligini, suddan tezroq iltimosnomani qanoatlantirib, yetkazilgan zarar tölovi boşlanişiga doir qaror çiqarişni söradi.
Avvalgi sud majlisida advokatlar Munira Kariyevaning iltimosnomasi talablariga aniqlik kiritgandi. Unga köra dastlabki tölov sifatida 7,5 mlrd söm tölov birdaniga amalga oşiriladi. Söng 36 oy davomida dastlabki oylarda 1,8 mlrd sömdan, oxirgi oylarda esa 3 mlrd 780 mln sömdan tölaş rejalaştirilgan. Şunda har bir jabrlanuvçiga birinçi oyda 100 mln sömdan, 2-35 oylar böyiça har oyda 25 mln sömdan hamda oxirgi oyda 50 mln sömdan töğri keladi. Faqat bu uçun Kariyeva öğliga tayinlangan 18 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi özgartirilib, unga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanişi lozimligini iltimos qilgan.
Eslatib ötamiz, “Dok-1 Maks” yötal siropi Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. Hindiston Korporativ işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, bolalar ölimi sodir bölgan paytda Marion Bioteç'ning asosiy uluşdorlari Saçin Jain va uning xotini Jaya Jain bölgan. Uşbu ikki şaxs Özbekiston tomonidan Interpol qidiruviga berilgan bölsa-da, BAA poytaxti Abu-Dabida qölga olinib, köp ötmay qöyib yuborilgan.
Hindistonning Özbekistondagi elçixonasining ma’lum qilişiça, iyul oyining oxirgi haftasida Hindistondan katta delegatsiya keladi va “Dok-1 Maks»” işi böyiça hamma savollarga javob beradi.







