Central Asian University (CAU) Colorado State University (AQŞ) bilan hamkorlikda işlab çiqilgan nufuzli Professional MBA dasturi uçun qabulni davom ettirmoqda. Uşbu öziga xos dastur talabalarga ikki tomonlama diplom va bir yil AQŞda tahsil oliş imkoniyatini taqdim etadi, bu esa karera istiqbollari va xalqaro hamkorlik uçun eşiklarni keng oçib beradi.
Ikki tomonlama MVA (1+1) dasturining afzalliklari:
Ikki tomonlama diplom va xalqaro tajriba: Dastur ikkita diplomga ega böliş imkonini beradi: Central Asian University’dan MBA va Colorado State University’dan MBA.
Ta’lim ikkita davlatda olib boriladi: birinçi yil Özbekistonda va ikkinçi yil AQŞda. Uşbu şakl xalqaro biznes muhitiga butkul şönğiş, qimmatli tajriba orttiriş va biznes aloqalarini örnatiş imkonini beradi.
Moslaşuvçan jadval: dastur işlaydigan mutaxassislar uçun möljallangan bölib, maşğulotlar haftasiga ikki-uç marta keçki soatlarda ötkaziladi. Bu sizga hayotingizning biron bir muhim jihatidan voz keçmagan holda öqişni va karerani birgalikda teng olib ketiş imkoniyatini taqdim etadi.

AQŞda uç yillik işlaşga ruxsatnoma va işga joylaştiriş: Bitiruvçilar dasturni yakunlangandan söng AQŞda uç yillik işlaş ruxsatnomasi va işga joylaşişda zaruriy kömakka ham ega böladilar, bu esa karera istiqbollarini sezilarli darajada kengaytiradi va olingan bilimlarni amaliyotda qöllaş imkonini beradi.
Ta’limning yuqori standartlari: Dastur AACSB va AMBA akkreditatsiyadan ötgan bölib, bu uning xalqaro sifat standartlariga muvofiqligi va mehnat bozorida diplomlarning yuqori qiymatini tasdiqlaydi.
Dastur va öquv rejasi
1-yil Central Asian University’da:
Talabalar öqişni CAU’da boşlaydilar, uşbu dargohda ular quyidagi fundamental fanlarni özlaştiradilar:














