Toşkentda premium-klass maişiy texnika bozoridagi yangi brend — 7TECH taqdimoti bölib ötdi. Unda brend vakillari katta auditoriyaga yangi mahsulotlarining noyob texnik imkoniyatlari, eksklyuziv dizayni va maxsus foydalanuvçi funksionalini namoyiş etdilar.

7TECH yuqori sifatli brend bölib, uning mahsulotlari dunyoning yetakçi zavodlari tomonidan işlab çiqariladi. Brend mahsulotlari Tashkent City Mall'da joylaşgan şourumda taqdim etilmoqda. Şourumda 12 toifadagi maişiy texnika modellarini uçta qatorda köriş mumkin — SILVER, GOLD va PLATINUM. Ular orasida özining funksional xususiyatlari bilan hayotimizga yuqori texnologiyali kelajakni olib kirişni va undan bugungi kundayoq foydalaniş imkoniyatini va’da qiladigan kir yuviş va idiş yuviş maşinalari, sovitkiçlar, konditsionerlar, kiyim-keçak staylerlari, kulerlar va oşxona uçun havo tortiş uskunalari bor.

Masalan, 7TECH texnikalarining beqiyos xususiyatli mahsulotlaridan biri qöl işoralari yordamida boşqarilişi mumkin bölgan havo tortiş uskunasi bölsa, ikkinçisi — internetga ulanadigan planşet bilan jihozlangan sovitkiç hisoblanadi. Innovatsion konditsioner havoni tozalab, yoqimli ifor taratadi, ikki kamerali kir yuviş maşinasi buyumlarni bir vaqtning özida ikki xil rejimda yuviş imkonini beradi, kiyimlar uçun şkaf-stayler esa qölda dazmollaş zaruratidan butunlay xalos qiladi. Kundalik hayotga kiritilgan uşbu texnologiyalarning barçasi sizga kundalik vazifalardan zavqlaniş va vaqtni tejaş imkonini beradi.

“7TECH ilğor texnologiyalar, zamonaviy dizayn va işonçlilikni özida mujassam etgan eng yuqori sifatli mahsulotlarni yaratişga intiladi. Biz tuşundikki, iste’molçilar ideal maişiy texnikani izlaganda nafaqat şunçaki qurilma, balki funksionallik, innovatsiya va estetikani özida birlaştirgan yuqori texnologiyali yordamçini sotib olişni xohlaşadi. Bizning maqsadimiz qulay foydalanuvçi interfeysi va intuitiv funksiyalarga ega texnikani yaratişdir. Biz bularning barçasini birgina “7TECH. Kelajak. Bugun.” iborasida qisqaça ifodaladik, bu brendni Özbekiston bozorida joylaştiriş uçun asos böldi”, — dedi kompaniya vakili.

Brend maişiy texnikasi haqida batafsil ma’lumot bilan