Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi uruş şaroitida Rossiya energetikasiga qaramlikni kamaytirişga qaratilgan sa’y-harakatlariga qaramay, Yevropada Rossiyadan gaz importi may oyida deyarli ikki yil içida birinçi marta AQŞ yetkazib beriş körsatkiçidan oşib ketdi. Bu haqda Financial Times gazetasi 16 iyun, yakşanba kuni yozmoqda.

«Rossiya gazi Yevropa bozoridagi uluşi biz boşdan keçirgan barça işlar va Rossiya Federatsiyasidan gaz sotib olişdan uzoqlaşiş uçun qilingan barça sa’y-harakatlardan keyin ham qanday ösib borayotganini köriş hayratlanarli», - deya FT ICIS konsalting kompaniyasining gaz tahlili bölimi rahbari Tom Marsek-Manserdan iqtibos keltiradi. 

2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli hujumi va Moskva Yevropaga quvur orqali gaz yetkazib berişni qisqartirganidan söng, mintaqa STGga tayaniş boşladi. Mualliflarning eslatişiça, AQŞ uning asosiy yetkazib beruvçisiga aylandi. 

FT ma’lumotlariga köra, 2022 yil sentabr oyida Qöşma Ştatlar Yevropaga gaz yetkazib beriş böyiça Rossiyadan özib ketdi. 2023 yildan beri Amerika Yevropadagi barça xaridlarning beşdan bir qismini gaz bilan ta’minlab kelayotgandi.

Rossiya va AQŞ Yevropaga qança gaz yetkazib beradi? 

Şu bilan birga, ICIS statistik ma’lumotlariga köra, 2024 yil may oyida Rossiyadan quvur orqali gaz, şuningdek, suyultirilgan tabiiy gaz Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Britaniya, Şveytsariya, Serbiya, Bosniya va Hersegovina hamda Makedoniya Şimoliy Respublikasiga yetkazib beriladigan umumiy gazning 15 foizini taşkil etdi. Şu bilan birga, may oyida AQŞdan xuddi şu mamlakatlarga STG yetkazib beriş darajasi 14 foizni taşkil etdi. 

«May oyidagi ta’minotga turli omillar, jumladan, AQŞda yirik STG eksport obektidagi avariya ta’sir körsatdi, Rossiya esa iyun oyida rejalaştirilgan ta’mirlaş işlari oldidan Turkiya orqali köproq gaz ötkazmoqda», deb tuşuntiradi naşr. 

FT ma’lumotlariga köra, Yevropada gazga bölgan talab nisbatan zaifligiça qolmoqda va omborxonalardagi zaxiralar hajmi yilning şu davri uçun rekord darajada yuqori.

Biroq, hozirgi vaziyat uzoqqa çözilmaydi, deb hisoblaydi Marsek-Manser. Sababi yozda Rossiya Şimoliy dengiz yöli orqali Osiyoga STG yetkazib berişni boşlaşi mumkin va bu Yevropaga yetkazib beriş hajmining qisqarişiga olib keladi. Boşqa tomondan, AQŞning STG işlab çiqariş darajasi yana oşişi kutilmoqda.