Peruda 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi.

Amerika Qöşma Ştatlari Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga köra, zilzila episentri Peruning Arekipa mintaqasidagi Karaveli şahrida bölgan.

Yer silkinişlari öçoği 19 kilometr çuqurlikda joylaşgan. 

Peru Geofizika instituti (PGI) xabar berişiça, zilziladan keyin Panamerikana şossesining ayrim uçastkalarida köçkilar sodir bölgan. 

Favqulodda vaziyatlar milliy markazi (COEN), öz navbatida, X ijtimoiy tarmoğida zilzila ta’lim muassasasiga zarar yetkazganini, biroq qurbonlar va vayronalar yöqligini ma’lum qildi.