"Dunyo" xabariga köra, rasmiy marosim doirasida bölib ötgan suhbatda Özbekiston va Latviya örtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Latviya prezidenti Riga va Toşkent örtasidagi siyosiy muloqot hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik holatini yuqori baholadi. U 2023 yil oxiriga kelib Özbekiston Latviyaning eng yirik savdo-iqtisodiy şeriklaridan biriga aylanganini ta’kidladi.
Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar yuksak baholanib, ularning natijalari Yevropa Ittifoqining barça davlatlari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinayotgani alohida qayd etildi.
Timur Rahmonov 13 mart kuni Latviya poytaxtiga Özbekistonning yangi elçisi sifatida yetib keldi. U mamlakatning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlandiyadagi (2020-2024) örindoşlik asosidagi elçisi (qarorgohi Riga şahrida) sifatida akkreditatsiyadan ötgan Qadamboy Sultonov örniga tayinlangan.









