Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi bozorda yonğin kelib çiqqan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining xabar berişiça, hodisa bugun 2024 yil 18 iyun tunda sodir bölgan.

Ma’lum qilinişiça, soat 2:30 da viloyat FVBga Hazorasp tumani “Boğdor” MFY hududida joylaşgan “Hazorasp universal savdo kompleksi” AJ hududida yonğin sodir bölayotgani töğrisida xabar tuşgan.

Yonğin-qutqaruvçilar soat 02:35 da voqea joyiga yetib borib, soat 04:04 da yonğinni töliq bartaraf qilişgan. Yonğin oqibatida 300 metr kvadrat maydonda aralaş turdagi mollar savdo dökonlari yonib zararlangan.

Yonğin-qutqaruvçilarning sa’y-harakatlari natijasida yonğin maydonini boşqa dökonlarga ötib, kengayişi va savdo kompleksi hududining 4 200 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan. 

Qayd etilişiça, hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Hozirda yonğinning yuzaga keliş sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Özbekistondagi bozorlarda tez-tez yonğin sodir bölib turadi. Bunga asosan elektr tarmoqlarining palapartiş va özboşimçalik bilan tortilişi sabab böladi.

Bozorlardagi yonğinda köplab savdo dökonlarining yonib ketişiga esa yölaklarning egallab olinişi va öt öçiriş maşinalarining erkin harakatlana olmasligi sabab böladi.

Avvalroq, Toşkent şahrida joylaşgan Sergeli maşina bozorida, Andijon buyum bozorida, Baliqçi tumanidagi kiyim bozorida yonğinlar sodir bölgandi.

Şuningdek, Namangandagi Çortoq dehqon bozorida yonğin sodir bölgani, Buxorodagi savdo majmuasida esa 23 ta dökon yonib ketgani, iyul oyida Xiva buyum bozorida yonğin çiqqani, Qöqondagi ulgurji bozorda yirik yonğin yuz bergani haqida