Navoiy şahridagi Markaziy dehqon bozorida sotiş uçun tom baravar taxlab qöyilgan un qoplari 44 yoşli ayolni bosib qoldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Jabrlanuvçining yaqinlariga köra, savdo dökonida sotiş uçun keltirilgan un qoplari baland qilib taxlab qöyilgan. Uşbu holat böyiça savdo dökoni egasiga qöşni dökon egalari va xaridorlar tomonidan bir neça bor e’tiroz bildirilgan. Ammo dökon egasi baribir xavfsizlik talablariga rioya qilmagan.

“Holat yuzasidan hatto soliq organlariga, IIB xodimlariga bir neça bor murojaat qilingan, ammo natija bölmagan. Bozor bölgaç ötib qaytuvçi ham köp böladi. Agar biror yoş bolaning ustiga qulaganida nima bölardi?” deydi ayolning Kun.uz jurnalisti bilan suhbatlaşgan qarindoşlaridan biri.

Manbaga köra, un qoplari qöşni dökon sotuvçisi bölgan 44 yoşli ayolning ustiga qulagan. Zudlik bilan qutqarib olinib, şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan ayol bir kun ötib öziga kelgan.

Ayolning yaqinlari IIB ham, boşqa tegişli mas’ullar ham holatga e’tiborsiz bölayotganidan norozi.

“102” qildik, ammo IIB xodimlari ham, boşqa mas’ullar ham xabar olmadi. Bular harakatga tuşişi uçun kimdir ölişi kerakmi, hayronmiz. Hatto şu holat bölganidan keyin ham un qoplari pasaytirilmadi, yana tom tengi qilib qayta taxlab qöyişdi”, deydi jabrlanuvçining yaqinlaridan biri.

Hozirda ayol öziga kelgani, ammo uning jarohati oğir ekani aytilmoqda.