Toşkent viloyati Parkent tumanida “Damas” maşinasida yonğin kelib çiqqan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa bugun, 20 iyun kuni soat 16:00 larda sodir bölgan.

Ma’lum qilinişiça, 4R-15 “Qiziltoğ-Parkent-Yangibozor” avtomobil yölining 56-kilometrida, Parkent bozori qarşisida 39 yoşli haydovçi J.B.ga tegişli bölgan, töxtab turgan “Damas”da yonğin yuzaga kelgan.

Oqibatda maşinaning bir qismi yonib ketgan. Hodisa sodir bölgan vaqtda avtomobilda heç kim bölmagan va harakat iştirokçilarining soğliğiga ziyon yetmagan.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Parkent tumani FVB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.