Bekobod şahar IIB binosiga kiriş yölagida soğligi yomonlaşib, huşidan ketgan fuqaro vafot etdi. Bu haqda Toşkent viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye”, “k”, “l” bandlari bilan ayblanuvçi 33 yoşli fuqaro X.Yu.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilib, töplangan hujjatlar mazmunan körib çiqiş uçun Bekobod şahar jinoyat işlari böyiça sudiga yuborilgan.

2024 yil 19 iyun kuni Bekobod şahar sudi tomonidan mazkur jinoyat işini köriş jarayonida, ayblanuvçi X.Yu.ning akalari 43 yoşli D.Yu. va 46 yoşli D.Yu. ukasiga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandan norozi bölib, sud zalida janjal kötargan.

Mazkur holatda jamoat tartibini tiklaş va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida sud zaliga hududiy içki işlar bölimi xodimlari çaqirtirilgan.

Çaqiruvga asosan yetib kelgan uç nafar IIB profilaktika inspektorlari tomonidan janjal bartaraf qilinib, huquqbuzarlik holati yuzasidan hujjatlarni rasmiylaştiriş maqsadida voqea iştirokçilari şahar IIB binosiga olib borilgan.

IIB binosiga kiriş yölagida, D.Yu.ning soğligi yomonlaşib huşini yöqotgan. Xodimlar fuqaroni xizmat avtomaşinasida şahar şifoxonasiga olib borgan.

Tibbiyot birlaşmasi xodimlari tomonidan körikdan ötkazilgan vaqtida D.Yu. vafot etgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, fuqaroning ölimi sabablariga aniqlik kiritiş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanlangan. Holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olinib, suriştiruv işlari olib borilmoqda. STE xulosasiga köra qöşimça axborot beriladi.

Avvalroq Çilonzor tuman IIBda tergov qilinayotgan 21 yoşli yigit, Qöqonda IIB muassasasida 15 yoşli ösmir, Bökada tergovga jalb etilgan fuqaro kasalxonada vafot etgandi.