NATO taşkilotiga a’zo 32 ta davlatning barçasi boş kotib lavozimiga Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte nomzodini qöllab-quvvatladi, deb yozdi Politico. 

Ryutteni qöllab-quvvatlaşi kerak bölgan oxirgi davlatlar Slovakiya va Vengriya edi. Ular 18 iyun kuni uning nomzodini tasdiqladi. 

Alyans boş kotibi lavozimiga Ryuttedan taşqari yagona da’vogar Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis edi. Ammo 20 iyun kuni u öz nomzodini qaytarib olişini ma’lum qildi. 

NATO boş kotibi sifatida Ryutte 1 oktyabrda lavozimidan ketadigan Yyens Stoltenberg örnini egallaydi. 

Mark Ryutte 1967 yilda tuğilgan, siyosatçi va davlat arbobi, 2010 yil oktyabrdan beri Niderlandiya boş vaziri. «Ozodlik va demokratiya uçun» öng qanot liberal xalq partiyasi rahbari (2006-2023), 2002 yildan 2010 yilgaça - hukumat idoralarida davlat kotibi. 

Ryutte NATO tomonidan Rossiyani tiyib turiş tarafdori.  U NATO a’zolari yillik mudofaa xarajatlarini yalpi içki mahsulotning kamida 2 foizini taşkil etişi lozimligini ta’kidlab kelmoqda.