Teri saratoni nima?

Teri saratoni teri hujayralarining anormal ösişi hisoblanadi va u asosan melanoma bölmagan va melanoma kabi 2 xil şaklda böladi. Melanoma bölmagani eng köp uçraydigan tur bölib, odatda terining yuqori qatlamida tarqalmay qoladi. Melanoma esa kamroq tarqalgan va şu bilan birga jiddiyroq hamdir. Çunki u butun tana böylab yoyilişi mumkin. Agar melanoma tanaga tarqalişga ulgurgan bölsa, uni davolaş juda qiyin.

Teri saratoni boşqa saratonlar kabi DNKning şikastlanişidan paydo böladi. Inson tanasida zararlarni aniqlaydigan va ularni tuzatadigan bir neçta himoya mexanizmlari mavjud. Biroq quyoşning haddan taşqari ultrabinafşa nurlanişi genetik materialimizga köproq zarar yetkazişi mumkin va hatto bunga himoya mexanizmlarimiz ham bardoş bera olmaydi. DNK bizning hujayralarimiz qanday harakat qilişini boşqaradi. Unga köp zarar yetganda, hujayralar nazoratsiz ravişda ösib boradi, bu esa teri saratoniga olib kelişi mumkin.

UVB va UVA haqida

Teri saratonining aksariyati quyoşdan ultrabinafşa (UV) nurlaniş ta’siridan kelib çiqadi. Terimizga UV nurlarining 2 asosiy turi xavf soladi: UVB va UVA. UVB nurlari terining taşqi qatlami (epidermis)ni nişonga oladi va teri quyoşdan kuyadi. UVA nurlari esa içki qatlam (dermis)ga çuqurroq kirib, ajinlar va erta qarişni keltirib çiqaradi. Uçinçi turdagi UVS ham bor, biroq u ozon qatlami bilan tösib qöyilgan va Yer yuzasiga yetib kelmaydi.

Quyoşda köp qolib ketiş

D vitamini tana uçun juda muhim. Odamlar quyoşda toblaniş uçun sayohatga çiqişadi. Biroq quyoşda köp qolib ketiş teriga jiddiy şikast yetkazişi haqida hamma ham ma’lumotga ega bölmasligi mumkin. Yani UVA nurlari terining içki qatlamlariga kirib, melanotsitlar deb ataladigan hujayralarni tebratadigan jigarrang pigment – melanin işlab çiqarişni qözğatadi. Melanin bu – ultrabinafşa nurlarini hujayralarning eng muhim qismlariga yetib borişini tösib, terini kuyişdan himoya qilişda tananing usuli. Agar teringizga köproq ultrabinafşa nurlari tuşsa, pigment himoya usuli köp işlaydi va natijada terida qoraygan sarğişlik paydo böladi.

Nima qiliş kerak?

Quyoşdan himoya qiluvçi vositalar ultrabinafşa nurlanişini blokirovka qiliş orqali teri himoyasida muhim rol öynaydi. Amerika Dermatologiya akademiyasi UVA va UVB nurlarini qoplaydigan suvga çidamli, keng spektrli quyoş kremidan foydalanişni tavsiya qiladi. Kundalik foydalaniş uçun kamida SPF 30 quyoş kremini tanlang, u UVB nurlarining 96,7 foizini filtrlay oladi. Agar siz oçiq havoda maşğulotlar bilan şuğullansangiz yoki teri saratoni xavfi yuqori bölsa, SPF 50 quyoş kremi tavsiya etiladi, çunki u teringizni 98 foiz UVB nurlaridan himoya qiladi. Quyoşdan himoya qiluvçi kremni har ikki soatda bir marta qöllaşni unutmang.

Köp hollarda erkaklar quyoşdan himoya qiluvçi kremlardan foydalanişmaydi. Biroq teri saratoni jins, irq va yoş tanlamaydi. UV nurlarining zarari hamma uçun bir xil bölib, terini himoya qiliş haqida erkaklar ham qayğurişi kerak.

Himoyalaniş usullari

Teri saratoni jamğarmasi quyoşdan himoyalaniş uçun quyidagilarni tavsiya qiladi.

1. Ertalab soat 10:00 dan 16:00 gaça imkon boriça soyada böling.

2. Quyoşda kuyişdan saqlaning.

3. Quyoşda toblanişdan saqlaning va heç qaçon ultrabinafşa nurlanişni çaqiradigan töşaklarni işlatmang.

4. Kiyimlar bilan yopining. Keng qirrali şlyapa va ultrabinafşa nurlanişidan himoya qiluvçi közoynaklardan foydalaning.

5. Kundalik SPF 15 yoki undan yuqori bölgan keng spektrli (UVA/UVB) quyoş kremini işlating. Uzoq vaqt davomida oçiq havoda harakat qilganda esa SPF 30 yoki undan yuqori bölgan suvga çidamli, keng spektrli quyoş kremidan foydalaning. Kremni har ikki soatda suzişda yoki ortiqça terlaş paydo bölganda qayta qöllang.

6. Yangi tuğilgan çaqaloqlarni quyoşdan uzoqroq tuting. Olti oydan oşgan çaqaloqlar uçun quyoşdan himoyalovçi kremlardan foydalaning.

7. Teringizda muammo sezsangiz boşdan-oyoq tekşiruvlardan öting. Professional teri tekşiruvi uçun yiliga kamida bir marta dermatologga murojaat qiling.

9. Cancer Research UK ma’lumotlariga köra, sizning soyangiz sizdan qisqaroq bölsa, quyoşning ultrabinafşa nurlari kuçliroq ta’sir qiladi. Teri kattalarnikiga qaraganda sezgirroq bölgan çaqaloqlar va bolalarni himoya qiliş uçun ehtiyot böling.

Bonus maslahat: tirnoqlaringizga işlov beriş paytida salonlarda ultrabinafşa nurli tirnoq lampalaridan foydalanganda juda ehtiyot böling. Bu lampalar UV nurlarini çiqaradi – garçi quyoş kabi kuçli bölmasa-da, vaqt ötişi bilan terimizga zarar yetkaziş uçun yetarli. Salonga borişdan oldin quyoş kremini qöllang yoki teringizni qoplaydigan maxsus qölqop kiying!

Eslatma! Köçaga çiqiş va quyoş nurida toblaniş saraton kasalligiga çalinişingizni anglatmaydi, ammo uzoq vaqt quyoşda turiş xavfga sabab bölişi mumkin. Şuningdek, ba’zi odamlar uçun quyoş yuqori xavfga ega bölsa, boşqalari uçun bu xavfli bölmasligi mumkin.