Avvalroq, Bekobod şahri IIB binosiga olib borilgan erkak vafot etgani haqida xabar bergandik. Inson huquqlari böyiça vakil (Ombudsman) vafot etgan şaxs va uning ukasiga kuç işlatilgani holati örganilayotganini ma’lum qildi.
Toşkent viloyati IIBB rasmiy munosabatida marhumning IIB binosiga kiriş yölagida soğligi yomonlaşib huşini yöqotgani, u şahar şifoxonasiga olib borilgani va körikdan ötkazilganda vafot etgani aniqlangani qayd etilgan.
Hozirda fuqaroning ölimi sabablariga aniqlik kiritiş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan örganilmoqda.
Qayd etilişiça, Ombudsman tomonidan Boş prokuraturaga nazorat xati yuborilgan va unda holat qonun talablari doirasida körib çiqilişi, voqeaning barça jihatlarini oçiq va adolatli suriştirilişini ta’minlaş söralgan.
“Uşbu holat böyiça Ombudsmanning Toşkent viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a’zolari bilan uçraşib, taziya bildirdi”, deyiladi xabarda.







