“Toşkent” Respublika fond birjasi Aloqabank tijorat bankining oddiy va imtiyozli aksiyalari sotuvi 2024 yil 21 iyundan töxtatilganini e’lon qildi. Birja xabariga köra, bu bankning muomaladagi kiçik aksiyalarini böliş, şuningdek, bankning öz kapitali hisobidan aksiyalar qöşimça aksiyalar joylaştirişi bilan boğliq.
Bu Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysining 2024 yil 20 iyundagi xabariga muvofiq amalga oşirilgan.
Korporativ axborot yagona portalida esa 27 iyun kuni Aloqabank aksiyadorlarni yillik umumiy yiğilişga çaqirib e’lon joylagan. Kun tartibidan Aloqabankning joylaştirilgan aksiyalarini maydalaş va aksiyalar nominal qiymatini özgartiriş, uning oldingi aksiyalar çiqarilişlarini bekor qiliş hamda e’lon qilingan aksiyalarining yangi sonini belgilaş va tasdiqlaş, şuningdek, bankning yangi aksiyalari çiqarilişi töğrisida qaror qabul qiliş va Aloqabank aksiyalari yangi çiqarilişini joylaştiriş tartibini tasdiqlaş kabi masalalar örin olgan.
Şuningdek, unda Aloqabank tomonidan “Tashkent city” xalqaro işbilarmonlik markazi hududida barpo etilgan binoni sotiş ham körib çiqiladi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning may oyi oxirida “Tashkent city”da joylaşgan davlatning uçta banki – Özsanoatqurilişbankning 33 qavatli, Asakabank va Aloqabankning 26 qavatli binolari (biznes markazlar) sotilişi e’lon qilingandi.
Sotuvga qöyiladigan Aloqabankning 26 qavatli binosi maydoni 81,439 kv metrni taşkil etadi. 2021-2023 yillarga möljallangan investitsiya dasturida Aloqabank binosining loyiha qiymati 100 mln dollar, Asakabank binosi loyiha qiymati esa 102 mln dollar, Özsanoatqurilişbank binosining loyiha qiymati 137 mln dollarga baholangan.








