Boş prokuratura huzuridagi departamentning Rişton tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Ç.P.” xususiy korxonasi mas’ul şaxslari Roşidoniy köçasidagi noturar obektiga örnatilgan elektr hisoblagiçni almaştirib, jami 301,6 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Jomboy tuman bölimi tomonidan “Özenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlarda A.B. va M.Z. fermer xöjaligi mas’ul şaxslari yer maydonlariga örnatilgan suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga ulab, jami 156,1 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.

Şu kabi, departamentning Oltiariq tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “O.Z.” fermer xöjaligi mas’ul şaxslari suv nasoslariga örnatilgan elektr hisoblagiçga taşqi ta’sir körsatib, jami 62 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.