O‘zbekistonliklar Hamster o‘yinini o‘ynashi mumkinmi? – ILMA izohi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Hamster o‘yini haqidagi savollarga javob berdi. Agentlikning bildirishicha, o‘yinning hisob birliklari blokcheynga ega bo‘lmagunicha, ularning aylanmasini tartibga solish agentlik vakolatiga kirmaydi.

Foto: Dmitriy Korotayev
Istiqbolli loyihalar milliy agentligining bildirishicha,“Hamster Kombat” o‘yini Play to earn (o‘yin orqali real pul yoki boshqa qimmatli mukofotlarni olish mumkin bo‘lgan) toifasidagi o‘yinlar qatoriga kirmaydi. Chunki o‘yinda to‘plangan tangalar (hisob birliklari), utilitar kripto-aktivlardan farqli o‘laroq, ta’minlanmagan va real foyda keltirmaydi.
Agentlikning tushuntirishicha, Hamster kripto-aktiv hisoblanmaydi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, kripto-aktiv bu – ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri (blokcheyn)dagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan, qiymati va egasiga ega mulkiy huquq. Hamster o‘yinida to‘plangan hisob birliklari esa yuqoridagi ta’rifga mos kelmaydi va blokcheynga ega emas.
“Biroq kelajakda “Hamster Kombat”dagi tangalar blokcheynga o‘tishi va shu bilan kripto-aktivga aylanishi mumkinligi inkor etilmaydi.
Keyinchalik, kripto-aktivni tarqatish maqsadida u kripto-platformalarda listingdan o‘tkazilishi mumkin. Biroq bunday kripto-aktivlar aks hollarda foydali funsionallikning yo‘qligi sababli ro‘yxatga olinganidan keyin qisqa vaqt ichida qadrsizlanadi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
ILMA “Hamster” o‘yinida to‘plangan hisob birliklarini ular kripto-platformalarda ro‘yxatga olinganidan keyin xarid qilish yoki sotish qonuniy bo‘ladimi, degan savolga javob berdi.
Rasmiy izohga ko‘ra, o‘yinda to‘plangan hisob birliklari kripto-aktiv deb tan olinsa, ularni faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali xarid qilish yoki sotish mumkin bo‘ladi. Bunda ular kripto-birja kotirovkalash varag‘i yoki kripto-do‘konning savdo savatiga kiritilgan bo‘lishi zarur.
Agentlik o‘yinning xisob birliklari blokcheynga ega bo‘lmagunicha, ularning aylanmasini tartibga solish agentlik vakolatiga kirmasligini bildirgan.
Avvalroq O‘zbekistonda 1 oyda 15 kishi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgani uchun javobgarlikka tortilgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi yigit noqonuniy ravishda kripto-aktivlar bilan muomala qilgani uchun ma’muriy jazoga tortilgani, Termiz davlat universitetining 24 yoshli bitiruvchisiga notkoin sotgani uchun 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
-
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
Jahon | 23:39 / 20.03.2025
Mavzuga oid

17:12 / 14.03.2025
Rossiya Xitoy va Hindiston bilan neft savdosida kriptovalutadan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi

19:31 / 30.12.2024
Chechenistonda kriptovaluta mayningi bilan shug‘ullanuvchilar terrorchilarga tenglashtiriladi

23:07 / 28.12.2024
Chernogoriyada qo‘lga tushgan kriptomagnat AQShga ekstraditsiya qilinadi

16:11 / 28.12.2024